Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» Qirg‘iziston orqali o‘tuvchi yangi internet kanalni ishga tushirdi

«O‘zbektelekom» Qirg‘iziston orqali o‘tuvchi yangi internet kanalni ishga tushirdi

Foto: «Vesti.lv»

Quvasoy (Farg‘ona viloyati) – Qizil-Qiya (Batken viloyati) hududida «O‘zbektelekom» AK va «ElKat» MChJ (Qirg‘iziston Respublikasi) telekommunikatsiya tarmoqlarini o‘zaro bog‘laydigan yangi transchegaraviy kanali qurilishi yakunlandi. Ushbu xalqaro telekommunikatsiya tutashish nuqtasi bugun, 16-avgust kuni tijoriy foydalanishga topshirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, kompaniyalar o‘rtasida telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘zaro aloqalarini ta’minlash va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida bitim imzolandi.

«Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi ushbu yangi kanal internetga ulanishning muqobil yo‘llarini ochadi. Mazkur marshrut Afg‘oniston va Turkmaniston yo‘nalishlarida tranzit aloqa kanallarini yo‘lga qo‘yish imkonini berib, «O‘zbektelekom» AKning eksport salohiyatini oshiradi», deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring