Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

P2P (plastic to plastic): AT «Aloqabank» xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi

P2P (plastic to plastic): AT «Aloqabank» xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi

Foto: «Aloqabank.uz»

Xalqaro pul o‘tkazmalarini chet eldagi tanishlaringiz va yaqinlaringizning plastik kartalariga jo‘natish imkoniyati yaratildi, deb xabar berdi AT «Aloqabank» matbuot xizmati.

Pul o‘tkazamlarini AQSh dollarida, naqd shakldagi milliy valyutada, so‘m plastik kartasidagi mablag‘lardan, VISA kartasidagi mablag‘lardan amalga oshirish mumkin.

Qabul qiluvchi o‘z xohishiga ko‘ra mablag‘larni plastik kartasiga qabul qila oladi. Buning uchun pul o‘tkazmasini amalga oshirishda  qabul qiluvchining mobil telefoni raqami va plastik kartasining raqami kiritilishi lozim.

Mazkur xizmat hozir Rossiya Federatsiyasiga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun tatbiq etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring