Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya jamg‘armasi Ilon Maskni sudga berdi

Pensiya jamg‘armasi Ilon Maskni sudga berdi

Foto: «Caliber»

Amerikaning Orlando shahri (Florida shtati) politsiyasining pensiya jamg‘armasi dunyoning eng boy kishisi Ilon Maskni sudga berdi. «The Guardian» yozishicha, Maskning «Twitter»ni sotib olish niyati ularga ma’qul emas.

Gap shundaki, ushbu jamg‘arma ham «Twitter» aksiyadorlari qatorida bor. Jamg‘arma vakillari Delaver shtati sudiga kiritgan da’voda ko‘rsatilishicha, shtat qonunlariga ko‘ra, aksiyalarning uchdan ikki qismining egalari bitimni ilgariroq ma’qullamagan taqdirda, Mask kompaniyani kamida 2025-yilgacha o‘ziniki qila olmaydi.

Uchdan ikki qism aksiyalarning egalari, jumladan, «Morgan Stanley» moliyaviy konglomerati (8,8 foiz) va ijtimoiy tarmoq asoschisi Jek Dorsi (2,4 foiz) bitimni muddatidan avval tasdiqlashga rozi bo‘lishsa, Maskning yumushi yengillashishi mumkindek, ammo...

Qonunga ko‘ra, bitim kechikishi mumkin, negaki Maskda «Twitter»ning 9 foizdan ko‘proq (9,2 foiz) aksiyasi mavjud, yuridik jihatdan u «manfaatdor aksiyador». Da’vogarlar Maskning ana shu nozik joyidan ushlashdi.

«Twitter» orlandolik pensionerlarning sudga arzi borasida munosabat bildirganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirlarida Ilon Mask «Twitter»ni 44 milliardga to‘liq sotib olishga kelishganini ma’lum qilgandi. O‘tgan yili «Twitter» 5 milliard dollar daromad qilgan, Mask 2028-yilda kompaniya 26,4 mlrd dollarlik daromadga chiqishiga va’da bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring