Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OnePlus televizorlari pultsiz boshqariladi

OnePlus televizorlari pultsiz boshqariladi

Foto: «Techtoday.in.ua»

Yaqin kelajakda televizorni boshqarish uchun pultga hojat qolmaydi. OnePlus kompaniyasi ovozli boshqariladigan ilk televizorni ommaga namoyish etishga tayyorlanmoqda.

Kompaniya ushbu innovatsiyani sanoatga olib kirmoqchi. Televizor sun’iy intellekt bilan jihozlanadi va uni boshqarish uchun pult zarur bo‘lmaydi.

Kompaniya rahbari Lyu Szoxuning aytishicha, oxirgi 20 yilda televizor bozorida hech qanday prinsipial yangilik bo‘lmagan. Shu bois kompaniya pultdan foydalanish kabi an’anadan voz kechmoqchi. OnePlus televizorida kanal almashtirish uchun og‘zaki buyruq kifoya bo‘ladi.

Szoxu shuningdek yaqin orada avtomobil bozoriga ham chiqish niyati borligini bildirgan. Ammo OnePlus avtomobil ishlab chiqarmaydi, balki avtozavodlar bilan hamkorlik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring