Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo viloyatida yana bir Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi

Qashqadaryo viloyatida yana bir Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi

Foto: «Mitc.uz»

Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish, axborot texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida respublika bo‘ylab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari bosqichma-bosqich barpo etilmoqda.

Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida o‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu o‘quv markaz Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan o‘ninchi o‘quv markazi hisoblanadi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Dehqonobod tumani hokimligi, keng jamoat vakillari hamda shahar yoshlari ishtirok etishdi.

Mazkur markazda aholi va yoshlarning hamda davlat boshqaruv organlari xodimlarining axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Kelgusida shahar yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqishga jalb etish uchun mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring