Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qora ekran» «iPhone 11 Pro Max»da batareyani tejaydimi?

«Qora ekran» «iPhone 11 Pro Max»da batareyani tejaydimi?

Foto: «YouTube»

«Astera.ru» yozishicha, blogerlardan biri kompaniyaning «iPhone 11 Pro Max» smartfoni «qora ekran» («qora tema») tartibida ishlatilganda batareyani tejaydi, deganlari gaplari qanchalik asosli ekanini tajriba qilib ko‘rdi.

Buning uchun u ikkita bir xil smartfonni yonma-yon qo‘yib, birida «qora ekran»ni yoqqan holda, ularning batareyasi qanchaga yetishini bir xil sharoitda sinov o‘tkazdi.

Yetti yarim soat davom etgan testdan so‘ng odatiy tartibda ishlagan smartfonning quvvati tugab o‘chib qolgan, «qora ekran»li smartfon esa batareyasining 30 foiz quvvatini saqlab qolgan.

Skrinshot
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring