Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quyoshdan energiya olish bo‘yicha rekord o‘rnatildi — Belgiya

Quyoshdan energiya olish bo‘yicha rekord o‘rnatildi — Belgiya

Foto: «PV Magazine»

Belgiyada oldin hech qachon so‘nggi uch oydagi kabi ko‘p quyosh energiyasi ishlab chiqarilmagan — bu haqda mamlakatdagi yuqori voltli tarmoqni boshqaruvchi «Elia» kompaniyasi matbuot kotibi Mari-Lor Vanvansile ma’lum qildi, deb yozmoqda VRT.

Serquyosh va quruq yozning afzalligi — uylarning tomlariga o‘rnatilgan quyosh panellari juda samarali ishlaydi.

«Quyoshdan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha rekordlar may va iyunda yangilandi, biroq eng yaxshi natijaga iyulda erishildi: 935 gigavatt-soatlik yangi rekord o‘rnatildi», — deyiladi «Elia» kompaniyasi xabarida.

Belgiyada oldingi rekordlar 2022-yilning mayida (888 gigavatt-soat) va 2020-yilning mayida (683 gigavatt-soat) o‘rnatilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring