Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Radiochastotalar taqsimoti masalasida O‘zbekiston va Qozog‘iston ekspertlari uchrashdi

Radiochastotalar taqsimoti masalasida O‘zbekiston va Qozog‘iston ekspertlari uchrashdi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 12-martidan 15-martiga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida yer usti stansiyalariga chastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasini Aloqa ma’muriyatlari ekspert guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Guruh ishida O‘zbekistondan AKT vazirligi (Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi ishchi organi), «EMMM» DUK va «UNICON.UZ» DUK mutaxassislari, qo‘shni mamlakatdan Qozog‘iston Respublikasi axborot va kommunikatsiyalar vazirligining «Davlat radiochastota xizmati» respublika davlat korxonasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida kun tartibi hisobga olingan holda, ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi radioxizmatlari tomonidan foydalanilayotgan fuqarolarga mo‘ljallangan Radiochastotalar taqdimotlarining muayyan radiochastota chiziq(polosa)laridagi texnik asoslarini muvofiqlashtirish bo‘yicha avval tayyorlangan Kelishuvga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan ishtirokchilar tomonidan muzokaralar olib borildi.

Ishtirokchilar tomonidan, shuningdek, quruqlikda harakatlanuvchi va radioeshittirish stansiyalarini muvofiqlashtirish shartlari bo‘yicha bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, ko‘rib chiqilgan masalalar yechimi uchun tomonlar amalga oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan bayonnoma imzolandi.

Ekspert guruhi ishtirokchilari respublikalarning chegara oldi hududlarida radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish masalalarida o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida kelgusida bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazib borishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring