Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida radiochastotalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bitim imzolandi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida radiochastotalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bitim imzolandi

Foto: «Mitc.uz»

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida ikki mamlakat radioxizmatlari foydalanadigan 29,7 – 960 MGs radiochastota polosasidagi o‘zlashtirilgan radiochastotalarni o‘zaro muvofiqlashtirishning texnik asoslari bo‘yicha bitim imzolandi.

Hujjat Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarori asosida ikki mamlakat hukumati o‘rtasidagi shu nomdagi amaldagi bitim doirasida tayyorlandi.

Imzolangan idoralararo bitim O‘zbekiston va Turkmaniston chegara hududlarida radiochastotalar va radioelektron vositalar (radio)ning elektromagnit moslashuvini, ya’ni xalaqitsiz ishlashini ta’minlash uchun texnik shart-sharoitlarni belgilaydi.

Qayd etish kerakki, ko‘chma, turg‘un va radiouzatish xizmatlari radiostansiyalari o‘zlashtirgan radiochastotalarni muvofiqlashtirish ikki davlat aloqa ma’muriyatlari tomonidan tasdiqlangan texnik parametrlar va shartlar asosida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring