Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamlashtirish ta’limdan boshlanadi — Huawei

Raqamlashtirish ta’limdan boshlanadi — Huawei

O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida mamlakatdagi ta’lim muassasalarini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «data center»ni (ma’lumotlar markazi) ishga tushirdi.

O‘zining korporativ ijtimoiy javobgarligini amalga oshirish doirasida, shuningdek, O‘zbekistondagi ta’lim sohasiga innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida Huawei Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) bilan birgalikda «data center» (ma’lumotlar markazi)ni ishga tushirish bo‘yicha loyihani amalga oshirib, «aqlli» universitet va talabalar shaharchasi tizimlarini kelgusida qo‘llash uchun platforma yaratdi. Ushbu yechim modulli formatdagi Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari (MQIM’larni) loyihasining davomi hisoblanadi.

MQIMlarning modulli formati juda kam elektr energiyasi sarflashi hisobiga juda samarali bo‘lib, ma’lum vaqt oralig‘ida kerakli miqdordagi energiya sarfini nazorat qiladigan aqlli sovitish tizimiga ega germetik shkaf bilan ta’minlanadi. Modul uchun yagona boshqaruv tizimini joriy etish orqali monitoring intuitiv asosda standart terminal qurilmasi orqali amalga oshiriladi, bu IT mutaxassisiga butun ma’lumotlar markaziga yanada samarali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Ma’lumotlar markazida «tezkor almashuv» tizimi ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, hatto uskunalarni almashtirish va qo‘shishda ham «aqlli» institutning barcha tizimlari uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

«2021 yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilindi. Bu respublikada yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim tizimini raqamlashtirish bilan bevosita bog‘liqdir. Huawei kompaniyasi ko‘p yillardan buyon, xususan, «International House-Tashkent» akademik litseyida birinchi «aqlli» sinf xonasi ochilishidan boshlab, pandemiya sharoitida CloudLink Board aqlli taxtasini ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirishgacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Har qanday faoliyat sohasini raqamlashtirish xuddi raqamli iqtisodiyotni qurish kabi poydevor quyishdan boshlanadi. Hozir mahalliy ma’lumotlar markazini qurish uchun uskunalarni bepul o‘tkazish bo‘yicha loyihani amalga oshirishning ayni vaqti. Loyiha TIQXMMIga ma’lumotlar bazasi asosida «aqlli» institut va «aqlli» talabalar shaharchasini tashkil etish imkonini beradi. Institut o‘z faoliyatini ta’minlashi uchun zarur bo‘lgan barcha dasturlarni kengaytirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot loyihalari va ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash taqdim etilgan MQIMning imkoniyatlari hisobiga amalga oshiriladi», — dedi Huawei O‘zbekiston kompaniyasining korporativ aloqalar bo‘limi rahbari Davron Azizov.

Huawei O‘zbekiston kompaniyasi 20 yildan buyon innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali yosh avlodni doimiy qo‘llab-quvvatlash va iste’dodlarni rivojlantirish tamoyillariga asoslanib faoliyat olib bormoqda. 2020 yilda kompaniya tomonidan bir qator ijtimoiy va ta’lim loyihalari, jumladan, Toshkent shahridagi ikkita maktabni raqamlashtirish uskunalari bilan ta’minlash ishlari, IT-muassasalari talabalari uchun «Seeds for the Future» o‘quv loyihasi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikdagi «O‘zbekistonning AKT sharhlovchisi» tanlovi, shuningdek, «Ezgu Amal» jamoatchilik fondi bilan hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Unga ko‘ra kompaniya Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tashabbusda ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring