Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robot basketbolchi professionallarni dog‘da qoldirdi (video)

Robot basketbolchi professionallarni dog‘da qoldirdi (video)

Foto: «DailyTechInfo»

«Toyota Engineering Society» mutaxassislari «CUE» nomini olgan odamsimon robotni yaratdi. U koptokni basketbol savatchasiga professional o‘yinchilardan ham aniqroq tashlashga qodir, deb xabar berdi «DailyTechInfo».

Robotning bu kabi aniqlikda ishlashiga unga o‘rnatilgan sun’iy intellekt tizimi yordam beradi. Tizim unchalik uzoq bo‘lmagan masofadan koptokni savatga 100 foiz aniqlikda tushishini ta’minlaydi.

Qiziq jihati, «CUE» robotini 17 nafar mutaxassisdan iborat jamoa o‘zining bo‘sh vaqtida yaratgan. Bundan tashqari ushbu mutaxassislar robotlashgan tizim va sun’iy intellekt borasida umuman tajribaga ega emas. Ular ish jarayonida kerak bo‘ladigan barcha ma’lumotlarni turli onlayn-manbalardan olishgan va «CUE»ni deyarli noldan boshlab yig‘ishgan.

«CUE» bo‘yining balandligi 1,9 metrga teng, ammo u og‘ir platformaga o‘rnatilgani sabab biror-bir basketbol uchrashuvida qatnasha olmaydi.

«CUE» o‘rta masofadan basketbol savatchasiga koptoklarni 100 foiz aniqlikda tushira oladi, bu natija professional basketbolchilarning natijasidan ham yaxshiroq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring