Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robot-it aqli zaif insonlarga yordam bermoqda (video)

Robot-it aqli zaif insonlarga yordam bermoqda (video)

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Pechenka» laqabini olgan it ko‘rinishidan labradudlni — pudel hamda labrador chatishmasini yodga soladi. Robot-it yaratuvchilarining ta’kidlashicha, u bemorlarning xotirasini qayta tiklashga yordam beradi va odamlar bilan muloqotini yaxshilaydi. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru» xabar berdi.

«Pechenka» haqiqiy it bo‘lmasa-da, «Templeman House» qariyalar uyidagi insonlar uni juda yaxshi ko‘rishadi. Chol va kampirlar uni maroq bilan silab, o‘ynamoqda va ko‘p hollarda suhbatlashmoqda.

«Templeman House» direktorining o‘rinbosari Saymon Berdning aytishicha, «Pechenka» demensiya («aqli zaiflik») bilan og‘rigan bemorlarning stress darajasini kamaytirishga xizmat qilmoqda. «U xotirani yaxshilaydi, yetishmayotgan ijtimoiy munosabat o‘rnini to‘ldiradi va xotiralarni tiklaydi», — deydi Berd.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muassasada davolanayotgan 99 yoshli bemor «Pechenka» bilan suhbatlashish davomida o‘zining o‘tmishiga oid mayda detallarni ham eslashga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring