Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Robototexnika xalqaro chempionatida ilk medallar qo‘lga kiritildi

Robototexnika xalqaro chempionatida ilk medallar qo‘lga kiritildi

Janubiy Koreyaning Donxe shahrida o‘tkazilayotgan Robototexnika xalqaro chempionatida (International Grand D challenge 2019) ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqalarning birinchi kunini muvaffaqiyatli yakunladi.

Robo scholar yo‘nalishi bo‘yicha Shavkat Abdurahmonov va Humoyun Haydarov 3-o‘rinni egalladilar. 1-o‘rinni koreyalik, 2-o‘rinni esa ruminiyalik yosh robototexniklar qo‘lga kiritdilar.

Chempionatning Robo scholar yo‘nalishi shartlariga ko‘ra tibbiyot, aerokosmik texnologiyalar, yong‘in xavfsizligi, ta’lim va oziq-ovqat sanoati sohalaridan birortasi bo‘yicha ikki soat davomida loyiha tayyorlanib, hakamlar hukmiga havola etilishi lozim bo‘lib, bu yo‘nalishda qatnashgan hamyurtlarimiz tibbiyot sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan “Smart doc box” uskunasini yasashdi.

O‘zbekiston terma jamoasi tomonidan taqdim etilgan yana ikkita loyiha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmagan bo‘lsa-da, “technical award” nominatsiyasiga loyiq topildi, ya’ni texnik jihatdan ijobiy baholandi.

Chempionat davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring