Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya «Microsoft»ni mamlakatdan «badarg‘a» qilishi mumkin

Rossiya «Microsoft»ni mamlakatdan «badarg‘a» qilishi mumkin

Foto: «NV.ua»

Rossiya prezidentining internetni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi German Klimenkoning ma’lum qilishicha, «Microsoft» kompaniyasi mamlakatdan «badarg‘a» qilinishi mumkin. Bunga AQShda «Kasperskiy Laboratoriyasi»ga nisbatan cheklovlarning joriy etilayotgani sabab bo‘lmoqda, deb xabar beradi «NV.ua».

«Parchalanib borayotgan zamonaviy dunyoda «Kasperskiy»dan Amerikani tark etish so‘ralmoqda, biz esa o‘z navbatida «Microsoft»ni mamlakatdan chiqarib yuboramiz», — deydi Klimenko.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi mamlakatning rasmiy idoralaridan «Kasperskiy Laboratoriyasi» mahsulotlaridan foydalanishni taqiqlab qo‘ygandi. Rossiya kompaniyasi Kreml foydasiga josuslik qilishda ayblangan edi.

Xususan, rossiyalik xakerlar Amerika milliy xavfsizlik agentligidan (MXA) maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujjatlar olishda MXA kompyuterlariga o‘rnatilgan «Kasperskiy» antiviruslaridan foydalanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring