Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Har kuni yarim milliondan pul o‘margan xakerlar guruhi a’zosi ushlandi

Har kuni yarim milliondan pul o‘margan xakerlar guruhi a’zosi ushlandi

Foto: «4PDA»

Volgograd viloyati huquq-tartibot organlari Rossiya banklaridan har kuni o‘rtacha yarim million rubl o‘margan xakerlar guruhi a’zosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Xakerlar g‘arazli niyatlarini amalga oshirish uchun «Android» operatsion tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun virus yaratgan, deb xabar beradi «4PDA».

Rossiya IIVga ko‘plab fuqarolar bank hisoblaridagi mablag‘lar yo‘qolib qolganidan shikoyat qilgan. «Group-IB» kiberxavfsizlik kompaniyasi mutaxassislari o‘g‘irlik «Kaftdagi banklar» nomli mobil dasturga yuklangan virus yordamida amalga oshirilayotganini aniqlagan. Dasturchilar foydalanuvchilarga barcha bank kartalari ma’lumotlarini bir joyda saqlashni, hisobni ko‘rishni, onlayn-xaridlar uchun to‘lovlarni bajarishni taklif etgan.

Virus kodini tahlil qilish natijasida firibgarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. U bunga qadar sudlangan 32 yoshli fuqaro bo‘lib chiqqan. Gumonlanuvchi qo‘lga olinganidan so‘ng, u o‘z aybini tan olgan. O‘tkazilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida uning uyidan 130 ming rubl, SIM-kartalar va qurbonlar hisobidan o‘tkazib olingan bank kartalari topilgan.

Aniqlanishicha, xaker jinoyatchi guruh tarkibida faoliyat yuritgan, mazkur dastur ilk bor 2016 yilda paydo bo‘lgan. Dasturni o‘rnatib olgan foydalanuvchilar unga o‘zlarining bank kartalari haqida ma’lumot kiritgan. Mazkur ma’lumotlar shu ondayoq yovuz niyatli kimsalarga jo‘natilgan. SMS sifatida kelgan tasdiqlash kodi orqali pullar o‘marilgan.

Tergovchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar o‘z «biznesi»ning boshida kuniga 100—300 ming rubl ishgan bo‘lsa, so‘nggi vaqtlarda ularning «daromadi» yarim million rublga qadar ko‘tarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring