Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung» o‘z reklamasida «Apple»ni masxaraladi (video)

«Samsung» o‘z reklamasida «Apple»ni masxaraladi (video)

Foto: «Apple-iPhone.ru»

O‘z reklamalarida bir-birlarining mahsulot va xizmatlari ustidan kulish – marketing bozorida uchrab turadigan amaliyot. Ammo bu borada gigant kompaniyalarning o‘zaro o‘chakishib ish tutishi e’tiborni tortmay qo‘ymaydi.

Janubiy Koreyaning texnogiganti o‘zining «Galaxy S9» flagmaniga bag‘ishlangan yangi reklama roligida «Apple»ni mayna qilgan. Unda ta’kidlanishicha, «Apple» superflagmani zamonaviy tarmoqlarda «Galaxy S9» kabi tezkor emas ekan. Bundan tashqari,  quyidagi lavhada «Apple Store» do‘konlaridagi texnik ko‘mak xizmati – «Genius Bar» ustidan ham kulishgan: u mijozning savoliga hech aniq javob bera olmaydi:

Umuman olganda, bu videoda «iPhone X» modelida ma’lumotlar yuklanishining tezligi past ekanligi masxaralangan. «Samsung» avvalroq,  «Galaxy S9» flagmani LTE tarmoqlarida «iPhone X»dan ko‘ra salkam ikki baravar tezroq ishlashini da’vo qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring