Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sharof Rashidov tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi (foto)

Sharof Rashidov tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi (foto)

O‘zbekiston bo‘ylab IT Park filiallari ochilmoqda, tez orada Jizzax shahri ham o‘z texnoparkiga ega bo‘ladi.

Shuning barobarida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020-2021-yillar davomida O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini ishga tushirishni rejalashtirgan.

29-avgust kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ish boshladi.

Markazning 28 o‘ringa ega 3 ta sinf xonasi kibersport, robototexnika, eng so‘nggi rusumdagi kompyuter va orgtexnika vositalari, yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan. Bir yilda 250 nafargacha yoshlarni o‘qitish quvvatiga ega.

O‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash asoslari, kibersport va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring