Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvedcha fantastika: teri ostidagi mikrochiplar

Shvedcha fantastika: teri ostidagi mikrochiplar

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Hamyon — noqulay narsa, kartochka yo‘qolib qolishi, kalit esa biror joyda qolib ketishi mumkin. Biroq endi pullarni, kalitlar va ruxsatnomani teri ostiga joylashtirish mumkin bo‘lgan chipga kodlashtirish mumkin. Shvetsiyada xuddi shunday qilishmoqda ham, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Shvetsiyada 3000 nafar odam metroda harakatlanish, do‘konlardagi xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish va shaxsiy mashinasini ochishga yordam beradigan mikrochipni terisi ostiga joylashtirib ulgurdi.

Chip yaqin atrofdagi simsiz aloqalar asosida ishlovchi raqamli kalitlar kabi tuzilgan. Ushbu usulda ma’lumotlarni simsiz aloqa orqali passiv chipga yuborish mumkin, biroq ular orasidagi masofa 4 santimetrdan oshmasligi kerak. Chip yordamida trenajyor zaliga borish, mashina yoki ofis eshigini ochish, xuddi plastik kartadagi kabi to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Mazkur texnologiya yangi emas, u 2015-yilda ishlab chiqarilgan, veterinarlar shunga o‘xshash chiplarni mushuk va itlaraga ham o‘rnatib keladi. 2017-yilning iyunidan buyon Shvetsiyada shu turdagi chiplar yordamida chiptalarni sotib olish ham mumkin.

Texnologiyaning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Istalgan korporatsiya chipdagi ma’lumotlarni osongina qo‘lga kiritishi mumkin: qayerda ekanligingiz, qachon tushlik qilganingiz, hojatga qanchalik tez qatnashingiz va hokazo.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring