Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sifatli mobil aloqa va internet. AKTni rivojlantirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantiriladi

Sifatli mobil aloqa va internet. AKTni rivojlantirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantiriladi

Hukumat qarori bilan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalarning hududiy manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalarning manzilli ro‘yxatiga quyidagi yo‘nalishlardagi loyihalar kiritiladi:

  • aholini sifatli mobil aloqa hamda internet tarmog‘idan keng foydalanishni ta’minlash;
  • sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, ta’lim, kommunal xizmat ko‘rsatish, turizm sohalarida zamonaviy axborot tizimlarini joriy qilish, «aqlli» va «xavfsiz» shaharlar va hududlarni tashkil qilish;
  • innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
  • olis joylarda elektron davlat xizmatlarini kengaytirish;
  • pochta aloqasi sohasini va pochta aloqasi milliy operatori bo‘lgan «O‘zbekiston pochtasi» AJ faoliyatini takomillashtirish.

Loyihani ustuvor manzilli ro‘yxatga kiritish uchun tashabbuskorning rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan tasdiqlangan loyiha pasporti taqdim etiladi. 

Quyidagilar loyihaning ustuvorligini belgilashning asosiy mezonlari hisoblanadi:

  • loyihaning axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatiga muvofiqligi;
  • dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlari sohasidagi mahalliy ishlanmalardan foydalanish darajasi;
  • kutiladigan natijalarning ahamiyatliligi va samaradorligi;
  • loyihaning ijtimoiy ahamiyatliligi;
  • loyihani amalga oshirishga tayyorlik darajasi.

Ustuvor loyihalarning hududiy manzilli ro‘yxatlari mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovdan tushadigan summaning 5 foizigacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring