Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Siz tomon yo‘l oldik» loyihasi endi Buxoro zaminida!

«Siz tomon yo‘l oldik» loyihasi endi Buxoro zaminida!

Shu yilning 14-15 aprel kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Buxoro viloyati bo‘ylab xizmat safariga chiqishadi.

Bunda hudud aholisi uchun my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etiladi.

Agar siz:

  • Buxoro shahar;
  • Qorako‘l tumani;
  • Vobkent tumani;
  • Kogon shaharlaridan birida yashasangiz, demak, loyihaning navbatdagi manzili aynan sizning hududingiz.

O‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi raqamlar bilan bog‘lanishi mumkin: +998 55 501 36 16; +998 93 608 44 22.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Siz tomon yo‘l oldik» loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida uchrashuvlar tashkil etilgani xabar qilingandi, keyinroq esa loyiha mutaxassislari Toshkent viloyatida bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring