Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soatiga 320 kilometr tezlikda uchishga qodir reaktiv to‘plam yaratildi

Soatiga 320 kilometr tezlikda uchishga qodir reaktiv to‘plam yaratildi

«JB11» reaktiv modeli soatiga 320 kilometr tezlikda harakatlanishga qodir.

Foto: «Gursesintour.com»

Amerikaning «JetPack Aviation» kompaniyasi «JB11» nomli reaktiv to‘plam modelini taqdim etdi. Uning o‘ziga xos jihati — soatiga 320 kilometr tezlikda harakatlana olishida, deb xabar berdi «NV.ua».

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, «JB11» havoda 12 daqiqa tura oladi va soatiga 320 kilometr tezlikda harakatlanishga qodir. Bu vaqt ichida uchuvchi 30 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Qurilmaning maksimal ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan balandligi 4500 metrga teng.

Ushbu «jetpak» dvigatel va barcha kerakli jihozlardan, shuningdek, uchuvchi uchun tizimli boshqarishda zarur bo‘ladigan karkasdan iborat. «JB11» modeli shu turdagi qurilmalarning avvalgilaridan o‘zining texnik tavsifi va tuzilishi bilan farq qiladi. Yangi «jetpak»ka ikkita emas, oltita turboreaktiv dvigatel o‘rnatilgan. Shuning hisobiga uning maksimal tezligi oshgan.

«Men unda uchganimda pastga qaramaslikka harakat qilaman. Chunki hatto ofisdagi oynadan turib pastga qaraganimda ham tepa sochim tikka bo‘ladi», — deydi «JetPack» rahbari Devid Meyman.

Meymanning ma’lum qilishicha, uning asosiy mijozlarini harbiylar, jumladan, AQSh maxsus kuchlari tashkil etadi. Ammo u o‘zining qurilmalaridan kelajakda qutqaruv xizmatlari ham foydalanishiga umid qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring