Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt birinchi bor test sinovlarida odamni ortda qoldirdi

Sun’iy intellekt birinchi bor test sinovlarida odamni ortda qoldirdi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Xitoyning «Alibaba Group» kompaniyasi o‘qilgan materiallarni tushunish bo‘yicha o‘tkazilgan testda insonni ortda qoldirgan sun’iy intellekt modelini yaratdi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

«Bloomberg» ma’lumotlariga ko‘ra, Stenford universiteti (AQSh) tomonidan ishlab chiqilgan test — mashinaning o‘qigan narsalarni tushunish borasidagi qobiliyatlarini baholashda eng nufuzli usullaridan biri hisoblanadi. U o‘z ichiga «Vikipedia» onlayn-ensiklopediyasidagi 500 ta maqola asosida tuzilgan 100 mingdan ortiq savolni jamlagan. Test katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashga hamda qo‘yilgan savollarga javob berishga qodir mashinalarni aniqlashda yordam beradi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellektning ko‘rsatgichi 82,4 foizni tashkil etgan. Odamlar tomonidan o‘rnatilgan marra esa 82,3 edi. «Alibaba»ning ma’lum qilishicha, bu kabi sinovda mashina birinchi marta odamlarni ortda qoldirgan. Buni amalga oshirishda «Microsoft» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt yordam berdi. 

Sun’iy intellekt deyilganida odam tomonidan o‘rnatilgan dastur orqaligina emas, balki o‘zini o‘zi mustaqil takomillashtirib bora oladigan murakkab tizim tushuniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring