Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talaba ko‘zi ojizlar uchun kompyuter yaratdi

Talaba ko‘zi ojizlar uchun kompyuter yaratdi

Foto: «Uz24.uz»

O‘zbekistonda ilk bor ko‘zi ojiz insonlar uchun maxsus kompyuter yaratildi. Bu haqda «Yangi davr» dasturida xabar berildi, deya ma’lum qildi «UZ24» sayti.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 3-bosqich talabasi Sardor Polvonnazirov o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi matnlarni Brayl alifbosiga o‘giradigan, ko‘zi ojizlarga internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardan bemalol foydalanish imkonini beruvchi qurilmani ishlab chiqdi.

Ushbu qurilma orqali internetga kirish tartibi odatiy kompyuterlardan farq qilmaydi. Ekranda ko‘ringan ma’lumot esa ovozli xabar tarzida ularga yetkazib beriladi.

Qurilma o‘n nafardan ortiq ko‘zi ojiz insonlar ishtirokida sinovdan o‘tkazilgan. Univeristet talabalari tomonidan, shuningdek, ko‘zi ojizlar uchun elektron kitob hamda innovatsion hassa ham yaratilgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring