Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATU professori va talabasi davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi

TATU professori va talabasi davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» Farmoni e’lon qilingan edi.

Farmonga ko‘ra, taqdirlanganlar orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi professori Qahhor Abdurahmonov ham bor. Ustoz «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan respublikamizdagi yoshlardan 28 nafari «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga loyiq topilgan edi.

Qarorga ko‘ra, «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sovrindorlari qatorida TATU Qarshi filiali 1-bosqich magistranti Farrux Qodirov ham bor.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyat  boshqarmasi boshlig‘i S.Aripov hamda TATU Qarshi filiali direktori A.Turg‘unovlar Farrux Qodirovning xonadonida bo‘lib, unga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining «Tashakkurnoma»si va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Ana shunday o‘g‘lonni tarbiyalagan ota-onasiga minnatdorlik bildirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring