Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU talabalari «It Park Cup» onlayn chempionatida g‘alaba qozonishdi

TATU talabalari «It Park Cup» onlayn chempionatida g‘alaba qozonishdi

Shu yilning 28-noyabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) va Dubai Future Foundation jamg‘armasi tomonidan dasturlash bo‘yicha O‘zbekiston onlayn chempionatiga start berilgan edi.

Onlayn chempionat ikki bosqichda o‘tkazildi.

Mukofot jamg‘armasi 30 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur onlayn chempionatda TATU assistenti Sunnatillo Xojiyev, talaba Asadullo G‘aniyev va universitetning Urganch filiali talabasi Nazarbek Boltaboyevlar g‘olib bo‘lishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, sport dasturlash – bu intellektual sportning turli ko‘rinishlari bo‘lib, unda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli vazifalarni tezlikka ishlashi kerak bo‘ladi – asosan C/C++, Kotlin, Java va Python.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring