Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATUda sovrin miqdori 2 100 000 so‘mlik blogpostlar tanlovi e’lon qilindi

TATUda sovrin miqdori 2 100 000 so‘mlik blogpostlar tanlovi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligiga bag‘ishlab, «BIZ KIM TEMUR AVLODLARI» mavzusida blogpostlar tanlovini e’lon qiladi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar qildi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligini keng nishonlash, buyuk sarkarda va davlat arbobining shaxsi, uning milliy davlatchiligimiz tarixida tutgan o‘rni va bugungi yosh avlod tarbiyasida bobokalonimiz qoldirgan merosdan keng foydalanish va uni targ‘ib qilishdan iboratdir.

Tanlovda barcha TATU talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov g‘oliblari shu yilning 9 aprel kuni soat 18.00 ga qadar universitetning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida (TATU matbuot xizmatining rasmiy telegram kanali – @tuituz_official) e’lon qilinadi.

Tanlovda birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rin g‘oliblari aniqlanib, 1-o‘rinni egallagan ishtirokchiga 1 000 000 so‘m, 2-o‘rinni egallagan ishtirokchiga 700 000 so‘m, 3-o‘rinni egallagan ishtirokchiga 400 000 ming so‘m pul mukofoti beriladi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

  • Tanlovda blogpostlar uchun ixtisoslashgan maxsus internet platformalarida (masalan, teletype.in,  telegra.ph) yozishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar o‘quv kursidan qat’iy nazar teng huquqqa egadir;
  • Blogpostlarning faqat havolalari telegram orqali (@tatumatbuotxizmati yoki 998946908231 raqamiga) 8 aprelga qadar Hakamlar xay’atiga yuborilishi kerak; 
  • Havolalar ochiq bo‘lmog‘i kerak.
  • Blogpostlar hajmi cheklanmagan va faqat matn formatidagi blogpostlar qabul qilinadi;
  • Matnning imlo xatolardan xoliligi, sifati;
  • Mavzu (g‘oya)ning originalligi;
  • Muallifning shaxsiy fikri mavjudligi, aytmoqchi bo‘lgan fikri (g‘oyasi)ning tugallanganligi;
  • Ijodiy ishlar shakliga (matn) cheklov yo‘q. Bu talabalarning o‘z uslubiga va kreativligiga havola;
  • Jamoaning mehnati natijasi bo‘lgan ijodiy ishlarni jamoa nomidan bir nafar jamoa a’zosi topshiradi. Bir ijodiy guruhdan faqat bitta ijodiy ish qabul qilinadi;
  • Shaxsi noma’lum talabalar tomonidan, shuningdek, shaxsiy fikri emas, balki turli manbalardan ko‘chirilgan blogpostlar tanlovga qabul qilinmaydi.

Blogpost tugagandan so‘ng ushbu tanlov uchun maxsus yozilganligini keltirib o‘tishlari shart va albatta, talabaning to‘liq ismi-sharifi, fakulteti, kursi, telefon raqami yozilishi shart.

Tanlov boshlandi! Marhamat uyda qolib tanlovimizda ishtirok eting hamda karantindagi vaqtingizdan unimli foydalangan holda o‘z iqtidoringizni namoyon qiling va sovrinni qo‘lga kiriting!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring