Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tesla» va «Panasonic» hamkorlik qiladi

«Tesla» va «Panasonic» hamkorlik qiladi

Foto:«Sabah.com»

Yaponiyaning elektronik kompaniyasi «Panasonic» Xitoyda elektromobillar ishlab chiqaruvchi «Tesla» bilan hamkorlikda akkumulyatorlar ishlab chiqaradi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

«Tesla» Xitoyda biz bilan birgalikda ishlab chiqarish ob’yekti quradi», – degan «Panasonic» korporatsiyasi prezidenti Kazuxiro Suga.

«Panasonic» korporatsiyasi hozir ham AQShning Nevada shtatida «Tesla» mashinalari uchun akkumulyator ishlab chiqarmoqda.

Xitoyda ham akkumulyator zavodi qurilishi kelajakda bu hududda elektromobillar bozoriga asos soladi.

Osakada joylashgan «Panasonic» korporatsiyasi shu yil mart oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58 foiz ko‘p foyda ko‘rgan. Uning miqdori 236 milliard yen ekani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring