Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyotni o‘zgartiradigan 5 startap

Tibbiyotni o‘zgartiradigan 5 startap

Foto: «CTech»

Insoniyat yaralibdiki, odamlar o‘z yoshligi va kuchini saqlab qolish, shuningdek, barcha kasalliklardan xoli bo‘lish masalalari bilan bog‘liq savollarga javob izlaydi. Hozircha keksalik haqida unutishga yordam beruvchi mo‘’jizaviy vositalar ishlab chiqilmagan, ammo, qalovini topsang qor ham yonadi, deganlaridek, g‘oyalar dunyoni o‘zgartirmoqda — bir qator qiziqarli loyihalar borki, zamonaviy tibbiyot bilan munosabatda aql bovar qilmas yutuqlarga sabab bo‘lyapti.

Quyida isroillik olimlar ilm-fanda bizga qanday yangiliklarni taklif qilayotganini birgalikda o‘rganamiz.

Foto: «tytocare.com»

TytoCare startapi

Birinchi startapni Dedi Gilad qizi bilan navbatdagi shifokor huzuriga borganida o‘ylab topgan. Gap shundaki, Dedining qizi to‘satdan yomonlashadigan va zudlik bilan tibbiy yordam talab qiluvchi quloq kasalligidan aziyat chekardi.

Shifokor uchun bir necha soat navbat kutgan Dedi o‘z qizi singari ko‘plab odamlar kunning istalgan vaqtida tezkor konsultatsiyaga muhtojligini va bu masalada shifokor bilan masofaviy aloqani yo‘lga qo‘yish eng yaxshi vosita bo‘lishi mumkinligini anglab yetdi.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘smirlardagi quloq, tomoq, yurak va o‘pka tekshiruvlari bo‘yicha virtual konsultatsiya aniqlikda shifokor ko‘rigidan real o‘tishdan hech ham qolishmaydi.

Startap juda yaxshi muvaffaqiyatga erishdi, bugungi kunda unga kiritilgan investitsiya 45 million dollardan oshib ketdi.

Foto: «globes.co.il»

GlucoMe startapi

Bu loyiha qandli diabetga chalingan odamlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda kashf qilindi. Bemorga shifokor bilan doimiy aloqada bo‘lib turishni ta’minlovchi bulutli platformaga ega bo‘lgan qon namunasini olish uchun simsiz monitor bilan qurilma beriladi. Bemor gadjet orqali qondagi glyukoza miqdorini o‘lchay oladi, barcha ma’lumotlar esa avtomatik tarzda qurilma xotirasida saqlanadi. Shifokor har qanday vaqtda tahlil natijalarini ko‘rib chiqishi va davolashni masofadan turib sozlashi mumkin.

Foto: «nocamels.com»

EyeControl startapi

Ishlab chiquvchilar butunlay falajlanganlar boshqalar bilan muloqot qila olishlari uchun yordam beradigan noyob ko‘zoynak taqdim etdilar. Ko‘zoynakka o‘rnatilgan infraqizil kamera bemor ko‘zlari harakatini aniqlaydi va ularni yozma so‘zlarni ovozli so‘zlarga aylantiruvchi ekranga uzatadi yoki tanlangan abonent smartfoniga jo‘natadi. Dasturda odamning oddiy istaklarini eshitishga imkon beruvchi va o‘zini dunyodan ajrab qolgandek his qilmasligi uchun "ichishni istayman, issiq, sovuq" va boshqa shu kabi tezkor signallar mavjud.

Startap qisqa vaqt ichida ko‘plab mukofot va xalqaro e’tiroflarga sazovor bo‘ldi hamda ishlab chiquvchilar ushbu ko‘zoynak tez orada klinikalar arsenalida paydo bo‘lishiga va og‘ir ahvoldagi odamlarga vakuumdan chiqib olishlariga yordam berishiga umid qilishyapti.

Foto: «Midhill Hospital»

Surgical Theatre startapi

Bosh miya jarrohligi amaliyotida jarroh katta stressni boshdan kechiradi, chunki natijalar har doim ham ijobiy bo‘lmasligi mumkin. Shu bois, shifokorlar "sinov" operatsiyalarini amalga oshirishlari va nima bilan shug‘ullanishlari kerakligini tushunishlari uchun ishlab chiquvchilar mutaxassisning barcha harakatlarini 3D-realligida takrorlovchi VR-platformasini yaratdilar.

Platforma bir vaqtning o‘zida bir necha jarrohlar ishlay olishiga mo‘ljallangan. So‘ng ular o‘zlarining ish natijalari bilan o‘rtoqlashish imkoniga ega bo‘lishadi va agar kerak bo‘lsa hamkasblar birgalikda muammoni hal qilish usullarini topishadi.

Surgical Theatre sakkiz yildan ziyod vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yurityapti va shu davr mobaynida ushbu yo‘nalishni yanada rivojlantirish uchun 10 million dollarga yaqin investitsiya fondini jalb qila oldi.

Foto: «wjhg.com»

PillCam startapi

Navbatdagi startap inson tanasida jarrohlik aralashuvini kamaytirish va tashxis qo‘yishni yanada yengil usullar bilan amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Shunday qilib, PillCam oshqozon-ichak traktining umumiy holatini tekshirishga yordam beradigan mo‘’jizaviy dorilarni taklif qiladi. Ya’ni, qizilo‘ngach, ingichka va yo‘g‘on ichaklarni o‘rganish uchun uch xil kapsula ishlab chiqildi. Uzatish datchiklari bilan jihozlangan bu kapsulalar shish, qon ketish va oshqozon-ichak traktidagi boshqa muammolarni topishga yordam beradi. Kompyuter barcha ma’lumotlarni real vaqt tartibida shifokorga uzatib turadi. Hozirda kapsulalar har biri narxi 500 dollar, lekin ishlab chiquvchilar vaqti kelib ular narxi barqarorlashishini ta’kidlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring