Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TikTok pul ishlash uchun yana bir funksiyani ishga tushiryapti

TikTok pul ishlash uchun yana bir funksiyani ishga tushiryapti

Foto: «Caliber»

TikTok pulli obuna translyasiyalarini yo‘lga qo‘yadi. Yangi dasturning nomi — TikTok LIVE.

TikTok LIVE obunachilari eksklyuziv chat, farqli yorliqlar va maxsus stikerlardan foydalanishlari mumkin. Loyiha 26-may kuni beta-rejimida ishga tushiriladi.

TikTok LIVE xizmatiga obuna narxi oyiga $5 dan $25 gacha bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi xizmatdan 18 yoshdan kattalar foydalanishlari mumkin. Pulli obuna funksiyasini yoqish imkoniyatidan faqat obunachilari soni kamida 1 ming nafar bo‘lgan blogerlar foydalana olishadi.

Avvalroq TikTok servisi kontent egalari bilan reklamadan tushgan pullarni baham ko‘rishini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring