Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Slovakiya elchisi bilan IT-texnologiyalari sohasida hamkorlik muhokama qilindi

Slovakiya elchisi bilan IT-texnologiyalari sohasida hamkorlik muhokama qilindi

Bugun, 2020 yilning 21 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yan Bori bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Slovakiya hamkorligining dolzarb masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

O‘zaro munosabatlarni faollashtirish, turli sanalarga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.

IT-texnologiyalari sohasida hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi. Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Manba: mfa.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring