Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda axborot va kiberxavfsizlik muammolari muhokama qilindi

Toshkentda axborot va kiberxavfsizlik muammolari muhokama qilindi

Foto: «Mitc.uz»

Joriy yilning 22-23-noyabr kunlari Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida axborot va kiberxavfsizlik muammolari» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Uning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Bahromjon Olmatov so‘zga chiqdi, deb xabar bermoqda AKT vazirligi axborot xizmati.

Foto: «Mitc.uz»

Konferensiyada axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi mahalliy va xorijiy ekspertlar joriy holat va rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha chiqishlar qilishdi. Shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi yangi texnologik yondashuv va yechimlar namoyish qilindi.

Foto: «Mitc.uz»

Shuningdek, konferensiya davomida Rossiya, Koreya Respublikasi va Isroilning ilg‘or kompaniyalari vakillari hamda mahalliy integratorlar tomonidan kiberxavfsizlik sohasidagi eng yangi texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar, apparat vositalari va boshqa yechimlar taqdim etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring