Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Big Data» va «bulutli hisoblash» texnologiyalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar ish boshladi

Toshkentda «Big Data» va «bulutli hisoblash» texnologiyalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar ish boshladi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun poytaxtimizda Xalqaro elektraloqa ittifoqining MDH hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari uchun «Salmoqli ma’lumot» va «bulutli hisoblash» mavzusida hududiy seminari ish boshladi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

Tadbirda Ozarboyjon, Afg‘oniston, Bangladesh, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya kabi mamlakatlarning yetakchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ekspertlari, milliy statistika xizmatlari mutaxassislari, telekommunikatsiya operatorlari hamda ishlab chiqaruvchilari, ilmiy va loyihaviy institutlar vakillari, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar hamda OAV ishtirok etmoqda.

Foto: «Mitc.uz»

Sayyoramiz bo‘ylab axborot-ma’lumot ishlab chiqarish jarayoni keskin oshgan bugungi kunda «big data» yoki «salmoqli ma’lumot» rivojlanishning navbatdagi omiliga aylandi. Bu trendning yirik yo‘nalish ekanini hisobga olib, ikki kunlik seminarda mavzular 4 ta qismga bo‘lingan holda muhokama qilinmoqda. Jumladan, Big Data: aniqlash va tatbiq qilishga misollar; bulutli hisoblash va ma’lumotlar tahlili uchun texnologiya, standartlashtirish va ilova; ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsizlikni ta’minlash; tashkiliy va texnik uslublar bo‘yicha taqdimotlar qilinadi.

Foto: «Mitc.uz»

Ishtirokchilarning asosiy e’tibori hukumatning kiber xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek raqamli kontentni boshqarish borasidagi o‘rniga qaratildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston misolida davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish mavzusi bo‘icha ham chiqishlar qilindi. Xususan, elektron hukumatning rivojlanishida Big Data va «bulutli hisoblash» texnologiyalarining o‘rni yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring