Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yirik anjuman ish boshladi

Toshkentda yirik anjuman ish boshladi

4-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar 2019” (ICISCT 2019) nomli xalqaro ilmiy-texnik anjumani o‘z ishini boshladi.

Anjumanning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, shuningdek, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Chexiya, Latviya, Serbiya, Italiya va Bolgariyaning 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilari hamda TATUning professor-o‘qituvchilari, talabalari va yurtimizda AKT sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Ushbu anjumanda ko‘rib chiqilayotgan masalalar axborot-kommunikatsiya sohasida vujudga kelayotgan muhim masalalarni yechishda, ilg‘or texnologiyalarni jamiyatimizga tatbiq etilishida, mamlakatimiz hamda xorijdan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajriba almashinish uchun katta tajriba maydonchasi bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu xalqaro konferensiya doirasida 30dan ziyod xalqaro mutaxassislarning, 200dan ziyod mahalliy professor-o‘qituvchilar, talabalarning ilmiy maqolalari chop etildi.

Anjuman 6-noyabrga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring