Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Inha universiteti va Jahon banki «Digital CASA» loyihasi doirasida hamkorlik qiladi

Toshkentdagi Inha universiteti va Jahon banki «Digital CASA» loyihasi doirasida hamkorlik qiladi

Foto: «Inha.uz»

Jahon banki missiyasi 2018-yilning 15-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov bilan uchrashdi.

Missiya tarkibiga raqamli texnologiyalarda innovatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi Yekaterina Gromova va mahalliy AKT mutaxassisi hamda Jahon banki maslahatchisi Sanjar Saidxo‘jayevlar bor edi.

Uchrashuv davomida xalqaro moliya instituti vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetida Janubiy Koreya o‘quv dasturlari asosida «Kompyuter va dasturiy injiniring» hamda «Logistika» yo‘nalishlarida  mutaxassis tayyorlash bo‘yicha faoliyati bilan tanishdilar.

Shu bilan birga tomonlar «Digital CASA» loyihasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida loyihaning 4-komponenti doirasida hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdilar. Kutilishicha, loyiha o‘z faoliyatini O‘zbekistonda 2019-yilda boshlaydi.

«Digital CASA» loyihasining 4-komponenti raqamli tadbirkorlik, inson kapitali hamda raqamli ko‘nikmalar va boshqalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

«Digital CASA» — Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini yagona raqamli xabga bog‘laydigan transchegaraviy telekommunikatsion tarmoqni yaratishga qaratilgan xalqaro loyihadir.

Bu loyiha dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlarga internetdan foydalanishni takomillashtirish, shuningdek, ularning tranzit salohiyatini rivojlantirishi kutilmoqda. Uning asosida Markaziy va Janubiy Osiyo — ikki mintaqa o‘rtasida optik tolali liniyani birlashtirish g‘oyasi yotadi. Dasturdan kutilayotgan natija aniq — viloyat aholisi muqobil tarmoqlar orqali keng polosali hamyonbop internetga ulanish imkoniga ega bo‘lishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring