Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Facebook» va «Google» ortidan «Twitter» ham kriptovalyutalarni bloklashga o‘tdi

«Facebook» va «Google» ortidan «Twitter» ham kriptovalyutalarni bloklashga o‘tdi

Foto: «Novoye Vremya»

«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i ham xuddi «Facebook» va «Google» kabi kriptovalyutalar hamda ularga bog‘liq har qanday vositalarning reklamasiga taqiqni joriy etadi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Twitter» yangi qoidalar orqali butun dunyo bo‘ylab «ICO»ni, tokenlar savdosini va kriptovalyutalar hamyoni reklamasini bloklaydi. Bundan tashqari taqiqqa kriptovalyutalar almashish operatsiyalarini reklama qiluvchilar ham tushadi, ayrimlariga istisno bo‘lishi mumkin. O‘zgartirish yaqin ikki hafta ichida kuchga kiradi.

Kriptovalyutalarga yaqinda qo‘yilgan taqiq ancha kutilgan qadam bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida «Twitter» kriptovalyuta skamerlariga qarshi kurashishni e’lon qilgandi va ijtimoiy tarmoqda mashhur shaxslar nomi osida kriptovalyuta taqdim etayotgan barcha firibgar akkauntlarni o‘chirib tashlashga va’da bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring