Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Twitter» «Kasperskiy»ga reklama joylashtirishni taqiqlab qo‘ydi

«Twitter» «Kasperskiy»ga reklama joylashtirishni taqiqlab qo‘ydi

Foto: «NV.ua»

«Twitter» o‘z tarmog‘ida «Kasperskiy Laboratoriyasi» akkauntlariga reklama materiallarini joylashtirishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Yevgeniy Kasperskiy ma’lum qildi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Kasperskiy Laboratoriyasi» maqbul reklama standartlariga javob bermaydigan biznes-model asosida ishlaydi, deb izoh bergan «Twitter».

«Biz hech qanday yozilgan va yozilmagan qoidalarni buzmaganmiz, biznes-modelimiz esa IT-sohasidagi eng oddiy model hisoblanadi. Biz foydalanuvchilarga himoyani taqdim etamiz, ular esa buning evaziga pul to‘laydi», — deyiladi Kasperskiyning «Twitter» rahbariyatiga yo‘llangan maktubida.

Kasperskiy «Twitter»dan bu borada batafsil o‘rganishlarni amalga oshirishni va reklama imkoniyatlari cheklanishi sababini asoslab berishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Senati davlat muassasalariga «Kasperskiy Laboratoriyasi» mahsulotlaridan foydalanishni taqiqlab qo‘ygan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring