Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell Buxoroda xayrli aksiya o‘tkazdi (foto)

Ucell Buxoroda xayrli aksiya o‘tkazdi (foto)

Noyabr oyi. Erta tongdan Ucell-Buxoro xodimlari shahar hokimligi va obodonlashtirish xizmati ko‘magida 102 tup mahalliy qarag‘ayning «gujum» navli ko‘chatlarini ekishdi.

Shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Axtam Ahmedov dastlab ko‘chatlarga biroz shubha bilan qaradi, keyin hammasi tutib ketishini aytdi.

Shahar hokimligi ko‘magida markazdan hudud ajratildi. Bu yer shahar aholisining sayr qilish joyi, sug‘orish tizimi va hatto favvoralar ham mavjud.

Furqat Murodov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari:

«Hozir davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 40 kunlik daraxt ekish harakati o‘tkazilmoqda. Bugun Ucell kompaniyasi vazirlikning hududiy boshqarmasi bilan birgalikda ushbu tadbirda ishtirok etmoqda».

Mehridin Muxamedov, Ucell-Buxoro hududiy bo‘linmasi direktori:

«Ucell kompaniyasi davlatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etadi. Ikki yildan buyon kompaniya respublika bo‘ylab ko‘chat ekish ishlarini olib bormoqda. Bugun Buxoroning markaziy maydoniga ko‘chatlar ekmoqdamiz. Biz, albatta, daraxtlarga g‘amxo‘rlik qilamiz va ko‘chatlarning o‘sishini kuzatib boramiz».

Kelgusi yilda hammamiz sog‘-salomat va o‘z joyimizda bo‘lib tursak, Buxoro o‘rmon xo‘jaligidan Prokudin-Gorskiy fotosuratida ko‘rsatilgan 110 yillik «sada-qorag‘och» navidagi juda mashhur daraxtlarning katta hajmdagi ko‘chatlarini sotib olamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring