Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«LUKOYL»ning O‘zbekistondagi birinchi shoxobchasi ochildi. Unda bepul Wi-Fi ham bor

«LUKOYL»ning O‘zbekistondagi birinchi shoxobchasi ochildi. Unda bepul Wi-Fi ham bor

Foto: «Gazeta.uz»

Bugun Toshkent shahrida «LUKOYL»ning birinchi yonilg‘i quyish shoxobchasi ochildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Shoxobchada dizel yoqilg‘isi, 92 va 95 markali benzin hamda firma motor moylari sotiladi. Barcha mahsulotlar Yevro-5 standartiga javob beradi.

O‘zbekistonda «LUKOYL» benzinlarini sotish bilan kompaniyaning sho‘’ba korxonasi  — «LUKOYL O‘zneftmahsulot» shug‘ullanadi.

Yonilg‘i quyish shoxobchasida bepul Wi-Fi va kafe ham xizmat ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring