Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uyimizdagi chiroqning xavfi yoxud derazaga parda tutishni unutmang!

Uyimizdagi chiroqning xavfi yoxud derazaga parda tutishni unutmang!

Foto: «forbes.com»

Isroillik olimlar uy chiroqlaridan (lampochka) ayg‘oqchilikda foydalanish mumkinligi haqida ma’lum qilishdi. Xonadagi suhbatni eshitish yoki yozib olish uchun maxsus qurilma bilan kattalashtiruvchi uskuna kerak, xolos, deya xabar berdi «Forbes».

Isroildagi Ben-Gurion universiteti hamda Veysman instituti olimlari oddiy maishiy chiroqlar orqali tovushni eshitish mumkinligini aniqlashdi. Ayg‘oqchilik qilish uchun xakerlarga o‘ziga xos qurilma bilan kattalashtiruvchi uskuna, masalan, teleskop kerak bo‘ladi. Yovuz niyatli kimsalar teleskopni uydagi chiroqqa yo‘naltirib, xonadagi odamlarning suhbatiga quloq tutishi yoki yozib olishi mumkin.

Mazkur usul chiroq yuzasida inson nutqi yoki boshqa tovushlar keltirib chiqaradigan havo bosimi tebranishlarini hisoblashga asoslanadi. Qabul qilinayotgan signal maxsus algoritmda tiklanib, rasshifrovka qilinadi va tovushga aylantiriladi. Tajriba chog‘ida tadqiqotchilar ob’yektdan sub’yektgacha bo‘lgan 25 metr masofada inson nutqini bemalol aniqlay olishgan. Teleskop yoki shunga o‘xshash boshqa asbob-uskunalar yordamida bu masofani yana-da uzaytirish mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, ayg‘oqchilikning mazkur usuli nisbatan serxarj hisoblanadi. Negaki, uni qo‘llash uchun nafaqat o‘ziga xos bilim va tajriba, balki 1000 dollarcha turadigan maxsus jihoz kerak bo‘ladi. Shuningdek, teleskop bilan chiroq orasida vizual aloqa bo‘lmasa, misol uchun, derazaga parda tutilgan bo‘lsa, ovoz eshitilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring