Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzChat» messenjeri kimga tegishli? Undan kimlar foydalana oladi?

«UzChat» messenjeri kimga tegishli? Undan kimlar foydalana oladi?

Kecha, 26-dekabr kuni bir qator Telegram-kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda yangi «UzChat» milliy messenjeri haqidagi ayrim chalg‘ituvchi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Xususan, xabarlarda messenjer havfsizligi va unga bo‘lgan egalik huquqi shubha ostiga olindi, uning «SIBRUS» (Rossiya) ilovasiga o‘xshashligi ta’kidlandi, deyiladi «UMS» MChJ ma’lumotida.

«UMS» MChJ rasman shuni ta’kidlaydiki, «UzChat» messenjerining boshlang‘ich kodi va messenjerga doir barcha huquqlar «UMS» MChJga tegishli va mobil operator uning yagona huquqiy egasidir. «UMS» MChJ O‘zbekiston Respublikasi hududini to‘liq qamrab olish va Internet tarmog‘i bilan ta’minlash vazifalarini bajarish doirasida davlat xizmatlarini ko‘rsativchi operator sifatida bunday huquqlarga ega bo‘lgan.

Xorijiy messenjerlardan farqli o‘laroq, «UzChat»ning barcha serverlari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va faqat mamlakatimiz mutaxassislari tomonidan boshqarilmoqda. Messejner kriptografik himoyaga ega bo‘lib, u orqali yuborilayotgan ma’lumotlarni buzib ochishning imkoni yo‘q. Ma’lumotlar almashinuvi protokolining kuchli himoyanlanganligi tufayli foydalanuvchi chet elda bo‘lganda ham messenjerdan havfsiz tarzda foydalanishi mumkin. Hozirda «UzChat»ni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra sertifikatlash ishlari olib borilmoqda.

Milliy messenjerning davlat idoralari xodimlari faoliyatiga joriy qilinishi ma’lumot almashish tezligini bir necha bor oshirishi, davlat apparati samaradorligini yuksaltirishi, davlat boshqaruvi va iqtisodiy faoliyatni mustahkam himoya bilan ta’minlanishini «UMS» MChJ yana bir bor ta’kidlaydi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 1-aprelidan hukumat mobil aloqasidan foydalanish davlat organlari, tashkilotlar, joylardagi davlat boshqaruvi organlari, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun xizmat vazifalarini bajarish vaqtida majburiy hisoblanadi.

Hukumat mobil aloqasining muhim jihati abonentlarga hukumat korporativ messenjeri – «UzChat»ga maxsus kirish huquqi beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring