Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzdigital TV»ning pullik xizmatlari endi Surxondaryoda!

«Uzdigital TV»ning pullik xizmatlari endi Surxondaryoda!

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Yurtimiz hududlarida 2017-yildan boshlab «UZDIGITAL TV» kompaniyasi o‘z xizmatlarini taqdim etmoqda. Yuqori sifatli raqamli televideniye bilan Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qamrab olingan.

Kompaniyaning xabar qilishicha, endi janubiy mintaqamiz – Surxondaryo viloyati aholisiga ham raqamli televideniyening pullik xizmatlari taqdim etiladi. Sifatli tasvir va ovozdan bahramand bo‘lish, zamonaviy texnologiyalarning fazilatlaridan foydalanish va barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoni beriladi.

Telekanallar to‘plamida har qanday did va yosh uchun kontent tanlangan. Teletomoshabinlar ko‘ngilochar, ilmiy va sport dasturlarini, bolalar esa sevimli multfilmlarini tomosha qilishlari mumkin.

Фото: Компания матбуот хизмати

2019-yil 4-aprel kuni raqamli televideniye yetakchi provayderi «UZDIGITAL TV» kompaniyasi Termiz shahri, Tarraqiyot ko‘chasi, 13 uyda (pochta binosi)da sotish va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘limini ochdi. Surxondaryo viloyati aholisi uchun raqamli televideniyening 3 ta pullik (xorijiy telekanallar) to‘plami mavjud bo‘ladi:

  • «Ekonom plyus» — 10 ta xorijiy telekanal. Abonent to‘lovi — 10 000 so‘m;
  • «Standart» — 14 ta xorijiy telekanal. Abonent to‘lovi jismoniy shaxslar uchun 12 000 va yuridik shaxslar uchun 16 000 so‘m;
  • «Miks» — 32 ta xorijiy telekanal, abonent to‘lovi jismoniy shaxslar uchun 18 000 so‘m va  yuridik shaxslar uchun 21 500 so‘m.
Foto: Kompaniya matbuot xizmati
Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Kompaniyaning ofisida bo‘lajak abonentlarni kerakli qurilmalarni tanlashga va xizmatlarga ulanishga yordam beradigan malakali vakillar kutib oladi.

«UZDIGITAL TV» sizga va yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiladi!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring