Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UZDIGITAL TV» «Kuzgi sovg‘alar» aksiyasini e’lon qildi!

«UZDIGITAL TV» «Kuzgi sovg‘alar» aksiyasini e’lon qildi!

Raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi yetakchi provayder «UZDIGITAL TV» MChJ respublikamiz aholisini yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi.

Bugun, 28-avgust kuni respublika bo‘yicha so‘nggi rasmiy ofisimiz foydalanuvchilarimiz uchun o‘z eshiklarini ochgani haqida mamnuniyat bilan xabar qilamiz. Sirdaryo viloyati «UZDIGITAL TV» sifatli raqamli televideniye xizmatlari bilan qamrab olingan so‘ngi hududlardan biri bo‘ldi.

Xizmatlarimizdan foydalanishni istaganlar ulanish narxlari va shartlari bilan tanishish, texnik sozlamalar bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar olish va raqamli televideniyega oid savollariga javob olish uchun Guliston shahri, Quruvchilar ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan ofisimizga tashrif buyurishlari mumkin.

Fursatdan foydalanib 2020 yil 1 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan «Kuzgi sovg‘alar» aksiyasi boshlanishi haqida ma’lum qilamiz. Ushbu davrda xizmatlarimizga ulanib avtomatik ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot bilan www.uzdtv.uz rasmiy saytida hamda respublika bo‘ylab barcha ofislarimizda tanishishingiz mumkin.   

Kompaniyaning tun-u kun faoliyat yurituvchi Texnik qo‘llab-quvvatlash markazi (Call-markaz)ga qo‘ng‘iroq qilib raqamli televideniyega oid kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

«UZDIGITAL TV» Siz va oilangiz uchun! Bizni tanlaganingiz uchun tashakkur!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring