Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UZDIGITAL TV» Sharg‘unda ko‘chma ofis tashkil qildi

«UZDIGITAL TV» Sharg‘unda ko‘chma ofis tashkil qildi

Foto: «Xabar.uz»

«UZDIGITAL TV» kompaniyasi o‘zining 10 yillik yubileyi munosabati bilan abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida respublikamizning turli hududlarida ko‘chma ofislarni tashkil qilmoqda.

Shunday ko‘chma ofislardan biri bugun, 16-oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharchasida tashkil etildi.

Foto: «Xabar.uz»

Kompaniya vakilining xabar berishicha, ushbu aksiya doirasida «UZDIGITAL TV» raqamli televideniya xizmatlariga ulangan abonentlar uchun qurilmalarni o‘rnatib berish bepul amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, endilikda pochta bo‘limlarida «UZDIGITAL TV» karta va tyunerlarini xarid qilish imkoniyati ham yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring