Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UZMOBILE» bir oy ichida 74ta yangi baza stansiyasi o‘rnatdi

«UZMOBILE» bir oy ichida 74ta yangi baza stansiyasi o‘rnatdi

Foto: «uztelecom.uz»

«O‘zbektelekom» AK «UZMOBILE» filiali 2019-yilda 4043 ta mobil aloqa baza stansiyalarini foydalanishga topshirishni rejalashtirgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya mutaxassislari O‘zbekistonda o‘rnatilgan barcha me’yor va qoidalarga rioya qilgan holda baza stansiyalarini loyihalashtirish, montaj va sozlash ishlarini olib bormoqdalar.

Foto: «uztelecom.uz»

Faqat 2019-yilning fevralida Toshkent shahri, shuningdek, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 74ta yangi baza stansiyalari o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, abonentlar murojaatlariga muvofiq, masalan, Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi «Qushchi» qishlog‘ida qo‘shimcha baza stansiyasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur baza stansiyasining ishga tushirilishi bilan hududda aloqa sifati va qoplash hududi yaxshilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring