Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzmobile»: Toshkent shahrida mobil internet tezligi oshirildi

«Uzmobile»: Toshkent shahrida mobil internet tezligi oshirildi

2020-yil 6-apreldan 7-aprelga o‘tar kechasi «O‘zbekletekom» AKning «O‘zMobayl» filiali texnik xizmati Toshkent shahrida uyali aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek LTE qamrov zonasini kengaytirish loyihasi bo‘yicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Natijada, LTE Internet standartidan foydalanish tezligi sezilarli darajada oshirildi.

«Uzmobile» texnik jamoasi karantin davrida ham, barcha zarur xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni davom ettirmoqda.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi - barcha mavjud 2G/3G baza stansiyalarini LTE (4G) standartiga o‘tkazish, bu esa o‘z navbatida «Uzmobile» abonentlari uchun keng polosali mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tezligini va imkoniyatini oshirishdan iborat bo‘lib, shubhasiz, karantin davrida aholi uchun juda muhimdir.

2020-yil 6-apreldan 7-aprelga o‘tar kechasi LTE tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlar yakunlandi, bu natijada esa LTE standartidagi mobil Internet tezligini oshirishga imkon berdi.

Shuningdek, yil boshidan Bekobod, Bo‘ka, Pskent, Ohangaron, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlaridagi mavjud barcha baza stansiyalarini LTE (4G) texnologiyasiga modernizatsiyalash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yakunlandi.

Tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida ishlar rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring