Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzmobile» va «Uzonline» abonentlari uchun mobil ilova yaratildi

«Uzmobile» va «Uzonline» abonentlari uchun mobil ilova yaratildi

Foto: «O‘zbektelekom» AK matbuot xizmati

«O‘zbektelekom» AK «Uzmobile» va «Uzonline» abonentlari uchun xizmatlardan foydalanish uchun oson va qulay bo‘lgan «My Uztelecom» rasmiy mobil ilovasini ishga tushirdi.

«Smartfoningizga ilovani o‘rnatish orqali siz uyingizdagi simli internet holati haqida ma’lumot olishingiz va mobil aloqa xizmatlaridan oson, tez va qulay foydalanishingiz mumkin», deyiladi kompaniya xabarida.

«My Uztelecom» quyidagi imkoniyatlarni beradi:

«Uzonline» shaxsiy kabinetini ulash:

  • trafik qoldig‘ini tekshirish;
  • shaxsiy kabinetga kirish;
  • Kompaniyaning tarif rejalari va yangiliklar bilan tanishish.

«Uzmobile» uyali aloqa xizmatlarini boshqarish:

  • hisob bo‘yicha trafik qoldig‘ini tekshirish;
  • yangi xizmatni yoqish yoki boshqa xizmatni o‘chirish;
  • tarif rejalarini o‘zgartirish va mavjud tarif reja haqida ma’lumot olish;
  • SMS, internet va ovozli paketlarni xarid qilish.

Mobil ilovaning IOS va Android talqinlari ishlab chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring