Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida video kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida video kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Foto: «kumovya.com»

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, valyuta ayirboshlash shoxobchasi endilikda video kuzatuv kameralari bilan ham jihozlanadi.

Shuningdek, 09002-son shakldagi ma’lumotnomaning (jismoniy shaxslardan chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjat) bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.

Bundan tashqari, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi o‘zi qabul qilgan banknotani haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring