Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 19-aprel kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi.

Tadbirda vazirlik mutaxassislari O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazishga qaratilgan loyiha taqdimotini o‘tkazdilar. Jumladan, «Global innovatsiyalar indeksi» ko‘rsatkichlarini takomillashtirish asnosida O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi loyihasi taqdim etildi.

Global innovatsiyalar indeksi (The Global Innovation Index) — bu dunyo mamlakatlarining innovatsion rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi global tadqiqotlar va uning reytingi hisoblanadi. Tadqiqotlar INSEAD xalqaro biznes maktabi, Kornel universiteti (Cornell University) va Jahon intellektual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization, WIPO) qo‘shma loyihasi doirasida 2007-yildan buyon o‘tkazib kelinadi hamda u bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichlarining keng qamrovli majmuini ifodalaydi.

Global innovatsiyalar indeksi 82 xil parametrlardan tashkil topgan bo‘lib, unda dunyoning iqtisodiy rivojlanishi turli darajalarda bo‘lgan mamlakatlarida innovatsion rivojlanish holati batafsil ifoda etilgan. Tadqiqot mualliflari iqtisodiyotning muvaffaqiyatli bo‘lishi innovatsion salohiyat va uni amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan bog‘liq deb hisoblaydilar. Shu bois, indeks ikki guruhdan iborat o‘lchovlar bilan baholanadi:

  • Innovatsiya uchun mavjud resurslar va sharoitlar (Innovation Input): institutlar; inson kapitali va tadqiqotlar; infratuzilma; ichki bozorni rivojlantirish; biznesni rivojlantirish.
  • Innovatsiyalarni amalga oshirishda erishilgan amaliy natijalar (Innovation Output): texnologiyalar va iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirish; ijodiy faoliyat natijalari.

Shu tarzda, yakuniy indeks u yoki bu mamlakatda innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar samaradorligini ob’yektiv baholash imkonini beradigan xarajatlar va samaradorlik ko‘rsatkichlarini aks ettiradi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda davlat organlarining olimlar bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Vazir o‘rinbosari, shuningdek, innovatsion rivojlanish strategiyasini samarali shakllantirish uchun yuqori marralar ko‘zlangan, shu bilan birga, bugungi sharoitda amalga oshirish real bo‘lgan maqsadli vazifalarni belgilab olish zarurligini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring