Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Video: «Samsung» o‘z videoroligida «iPhone 6»ni mazax qildi

Video: «Samsung» o‘z videoroligida «iPhone 6»ni mazax qildi

Foto: «Vinegret»

«Samsung» kompaniyasi o‘zining «Galaxy S9» smartfoniga bag‘ishlangan reklamasida yangi flagmanni «iPhone 6» bilan solishtirdi, deb xabar berdi «VC.ru».

Videorolikda «iPhone» egasi har kuni turli muammolarga duch keladi: avvaliga telefon reys qo‘nayotgan vaqtda «Wallet» dasturini ochmaydi, unda film ko‘rib bo‘lmaydi, keyin esa yomg‘ir ostida ishlashdan to‘xtab qoladi. Qiz kun davomida «Samsung» foydalanuvchilarini kuzatadi — ularning smartfonlari har qanday sharoitda ham ishlayveradi.

Rolik qahramoni bo‘lgan qiz muammolardan ko‘zida yosh bilan «Apple» do‘koniga yordam so‘rab boradi. Do‘kon xodimi esa ayolga avvalgi tezlikni qaytarish uchun samaradorlikni boshqarish funksiyasini o‘chirib qo‘yish mumkinligini, biroq bu holda smartfon to‘satdan o‘chib qolishini ma’lum qiladi.

Qiz «Galaxy S9» xarid qilib, uyga qaytadi. Yo‘lda esa qo‘liga o‘g‘lini ko‘tarib olgan erkakka duch keladi, uning soch turmagi shakli «iPhone X»ni eslatib yuboradi.

«The Verge» nashrining yozishicha, reklamada bunday holatdan chiqishning eng maqbul usuli —29 dollar evaziga yangi batareya sotib olib, smartfondan avvalgidek foydalanish mumkinligi haqida hech narsa deyilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring