Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Virgin Galactic» kompaniyasi kosmosga virtual reallik orqali sayohat qilish imkonini beradigan saytni yaratdi

«Virgin Galactic» kompaniyasi kosmosga virtual reallik orqali sayohat qilish imkonini beradigan saytni yaratdi

«Virgin Galactic» sayti shunday ko‘rinishga ega.

Foto: «NV.ua»

Milliarder Richard Brensonning «Virgin Galactic» kompaniyasi kosmosga virtual reallik orqali sayohat qilish imkonini beradigan saytni yaratdi. Ushbu saytni yaratish uchun «Virgin Galactic» «Microsoft Edge» brauzerining dasturchilari bilan birlashdi, deb xabar berdi «NV.ua».

Ixtirochilarning aytishicha, mazkur sayt brauzer foydalanuvchilarini koinotga olib chiqadi. U mavjud barcha parametrlarni o‘rganish uchun qulay, har qanday savolga javob berishga qodir, shuningdek, foydalanuvchi o‘zini orbitadagidek his qiladi. Virtual sayohatdan 2D, 3D va «WebVR»da foydalanish mumkin.

Yangi sayt «Virgin» kompaniyasining kosmik sayohatni rivojlantirishga bo‘lgan sa’y-harakatini ko‘rsatib beradi. Foydalanuvchilar «Virgin» kemasini «Windows»ning aralash realligi qurilmasi yordamida tadqiq etishi mumkin. Saytda «WhiteKnightTwo» va «VSS Unity» kompaniyalarining kemalariga VR-turlar tashkil etiladi. 3D-turlardan hatto maxsus qurilmasi yo‘qlar ham foydalanishi mumkin.

Sayt «Google Chrome»da yaxshi ishlamoqda. Bundan tashqari saytning mobil versiyasi ham ko‘pchilikka manzur bo‘lishi kerak. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring